Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi

Uzun tumani Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari harbiy qismda oʻtkazilgan “Eng faol harbiy kitobxon” tanlovida ishtirok etishdi

Tumandagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish hamda kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Eng faol harbiy kitobxon” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Yoshlar maslahat guruhi aʼzolari ham faol ishtirok etib, yosh harbiylarning kitobxonlik salohiyatini munosib baholash va ularni qoʻllab-quvvatlashga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

📖 Tanlov davomida ishtirokchilar oʻzlari mutolaa qilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etdilar, asarlar mazmun-mohiyatini chuqur tahlil qilib berishdi hamda kitobxonlikka oid qizgʻin savol-javoblarda oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Tadbirda kitobning inson kamolotidagi oʻrni, yosh avlodni, xususan, Vatan himoyachilarini vatanparvarlik, fidoyilik va yuksak maʼnaviyat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.

🏆 Yakunda faol va bilimdon ishtirokchilar hakamlar hayʼati hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zolari tomonidan munosib baholanib, gʻolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.