Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputat murojaati asosida elektr ta’minotidagi muammo bartaraf etildi

Deputat murojaati asosida elektr ta’minotidagi muammo bartaraf etildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan saylangan “6-Xondamir” okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich tomonidan Sharq Yulduzi mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🕯 Xususan, 5-tor Xondamir ko‘chasi, 4-uyda yashovchi fuqaro A. B. tomonidan elektr tarmog‘idagi sim uzilgani yuzasidan murojaat bildirildi. Murojaat deputat tomonidan joyida o‘rganilib, Tumannur korxonasi mutaxassislari ishtirokida nosozlik qisqa muddatda bartaraf etildi.

📂 Mazkur murojaat xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining eng muhim 24 ta yo‘nalishi, xususan, aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz hamda kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ko‘rib chiqildi.

🗂 Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi PQ–54-son "Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori talablariga muvofiq, elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanish hamda elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

  💼 Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyevalar ishtirok etdi.

Slide 1 of 4