35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z. Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norovlar hamkorligida Navgadi mahallasi hududida kapital ta’mirlanayotgan bolalar sport maydonida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganish jarayonida mazkur sport maydonini elektr energiyasi bilan ta’minlashda mavjud muammolar, shuningdek, hududga qo‘shimcha elektr simyog‘ochlari o‘rnatish zarurligi aniqlandi. Ushbu kamchiliklar sport maydonidan kechki vaqtlarda xavfsiz va samarali foydalanish imkoniyatlarini cheklayotgani qayd etildi.
🔹Aniqlangan holatlar yuzasidan muammoni tezkor hal etish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Usmonov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda kapital ta’mirlanayotgan bolalar sport maydonini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, zarur joylarga elektr simyog‘ochlarini o‘rnatish hamda elektr tarmoqlarini belgilangan talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholi, ayniqsa yoshlar uchun yaratilayotgan ijtimoiy infratuzilma obyektlarining sifatli va to‘liq faoliyat yuritishini ta’minlash, joylarda aniqlanayotgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish borasida deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2