35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
#deputat_nazorati

11-DMTT qurilish-montaj ishlari deputatlik nazorati asosida o‘rganildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Murodovlar tomonidan hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT)da olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📌O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining belgilangan loyiha asosida olib borilishi, bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish materiallarining meyorlarga muvofiqligi hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📌Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar va pudratchi vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
📌Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy talablar asosida barpo etilishi va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash aholiga ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan investitsiya loyihalari ijrosini muntazam deputatlik nazoratiga olish, qurilish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta’minlash yuzasidan o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4