35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Samarqand shaahrida Kengash kotibiyatlari uchun seminar tashkil etildi

O‘zbekistonda Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”da mahalliy vakillik organlari ijro organidan alohida bo‘lgan binoda faoliyat yuritishi belgilab berilgan.

✅Shu maqsadda, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi Kamol Otaturk ko‘chasi, 21-uy - yangi binosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Binoning ochilish tadbiriga Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashi kotibiyati mudirlari va bosh mutaxassislari, Samarqand shahar Kengashi deputatlari ishtirok etishdi.

➡️Dastlab ishtirokchilar, Kengash binosida deputatlar, doimiy komissiyalar va kotibiyat xodimlariga yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdilar.
➡️Tadbirniing ikkinchi qismida, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlarining o‘tgan 5 oylik faoliyati sarhisob qilindi.

🔘Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tgan seminarni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.

👍 Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida o‘tkazilgan sessiyalar, tasdiqlangan qarorlarning qonuniyligi, deputatlarning targ‘ibotlari va chiqargan deputatlik so‘rovlari shuningdek, Kengash kotibiyatlarining ijro intizomiga to‘xtalib o‘tildi.

👍Yo'l qo'yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Kelgusida sessiyalarni muntazam va sifatli yoritish, aholiga yaqin bo‘lish va muammolarni tezkor hal etish, shuningdek OAV bilan ishlash — har bir deputatning asosiy vazifasi ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

👍 Yuqori ko‘rsatkichli hududlar e’tirof etilib o‘tildi, Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik qat’iy topshiriq sifatida belgilandi.

✅@sam_vil_deputatlari 📱 Facebook

Slide 1 of 1