35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, Ekspert guruhi raisi Jurayev Erkinjon Normurodovich raisligida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholi farovonligini oshirish hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.

Tadbir davomida ekspert guruhi a’zolari tomonidan hududlarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan asoslantirilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tuman infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini takomillashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni bartaraf etish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Yig‘ilishda ekspert guruhi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, ularni Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi sessiyalarida ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Muhokamalar ochiqlik, shaffoflik va o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida tashkil etildi. Ishtirokchilar kun tartibidagi har bir masala yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladilar.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqildi, mas’ul shaxslarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat choralari ham belgilandi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi faoliyati bundan buyon ham hududni kompleks rivojlantirish, fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish hamda dolzarb masalalarga samarali yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan izchil ishlarni davom ettiradi.

Slide 1 of 3