35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Fazogir mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan kelib tushgan murojaat o‘rganildi

 Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish maqsadida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova
hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyevalar tomonidan Fazogir mahallasidagi Istiqlol va Shodlik ko‘chalarini asfaltlash yuzasidan kelib tushgan murojaat bo‘yicha joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish davomida
mahalla aholisi va faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, mazkur ko‘chalarning amaldagi holati, transport harakati uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholining taklif va mulohazalari tinglandi.
Joyida olib borilgan o‘rganishlar natijasida Istiqlol ko‘chasining taxminan 1 kilometr, Shodlik ko‘chasining esa 500 metr qismida asfalt qoplamasini yotqizish zarurligi aniqlandi. Ayni paytda mazkur ko‘chalar shag‘allashtirilgan bo‘lib, transport vositalari harakati qisman ta’minlangan bo‘lsa-da, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish maqsadida ularni asfaltlash zarurligi qayd etildi. O‘rganish yakunida mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, masalani amalda hal etish maqsadida tegishli davlat tashkilotlariga deputat so‘rovi yuborish hamda yo‘llarni asfaltlash ishlarini tegishli dasturlarga kiritish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 5