35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Tibbiyot muassasasida elektr xavfsizligi holati o‘rganildi

Tibbiyot muassasasida elektr xavfsizligi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Navoiy viloyati Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali hududida elektr xo‘jaligi va elektr xavfsizligi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasadagi elektr ta’minoti tizimining bugungi holati, elektr uskunalaridan xavfsiz foydalanish talablari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda elektr energiyasi uzilishi holatlarida foydalaniladigan zaxira elektr generatorining texnik va xavfsizlik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, elektr ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, tibbiyot muassasasida davolash jarayonlarining uzluksiz davom etishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda zaxira elektr ta’minoti tizimining tayyorgarlik darajasi bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganish tibbiyot muassasasida elektr xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish hamda bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun xavfsiz sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini baholashga qaratildi.

Slide 1 of 4