35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan "Gʻalchasoy" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi S.Azimov faoliyatini o‘rganish jarayonida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi Sherqadam ko‘chasi, 46B-uyda yashovchi fuqaro Z.Nishonovning murojaati ko‘rib chiqildi. Fuqaro o‘z xonadonida avtomobillar uchun charm g‘iloflar tikish faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, mavjud ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish maqsadida 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam so‘radi.

Fuqaro tomonidan ta’kidlanishicha, mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda 4 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Deputat tomonidan loyiha istiqbollari, uning iqtisodiy samaradorligi hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga qo‘shadigan hissasi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, fuqaroning murojaatini tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va imtiyozli kredit ajratish masalasi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3