35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Deputatlar tomonidan "Erkindaryo" OFYda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 2026-yil 13-fevraldagi VIII-19-15-13-216-K/26-sonli "Bo‘zatov" shaharchasi fuqarolar yig‘inlari hamda "Qusxanatov" va "Erkindaryo" qishloq fuqarolar yig‘inlarini "Yangi O‘zbekiston qiyofasi"ga o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishda Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 7-sonli "Qutli makon" saylov okrugi deputati Q. Jamalov hamda Kengash kotibiyati boshlig‘i A. Ibragimov ishtirok etdi.
Tashrif davomida "Erkindaryo" OFY hududida "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Xususan, hududni obodonlashtirish, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilish jarayoni joyida o‘rganildi.
Shuningdek, qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan mas'ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berilib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan zarur ko‘rsatmalar bildirildi.
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi tomonidan mazkur qaror ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5