35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati (Quvasoy shahar) Kengashi deputati, “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari” bo‘yicha doimiy komissiya raisi D.Mehmonova tashabbusi bilan Isfayramsoy mahallasida yosh qizlar va xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

➡️ Tadbir davomida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati keng targ‘ib qilinib, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, gender tengligini ta’minlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Shuningdek, erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari, oilalarda ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

✔️ Mutaxassislar tomonidan erta nikohning salomatlik, ta’lim va kelajak hayotiga ta’siri haqida tushuntirishlar berilib, mustahkam oilani barpo etishda o‘zaro hurmat, mas’uliyat va farzand tarbiyasining o‘rni yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

✏️ Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga huquqiy, tibbiy va psixologik jihatdan asoslangan javoblar berildi.

Slide 1 of 2