35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Aniqlangan kamchilik qisqa muddatda bartaraf etildi

Aniqlangan kamchilik qisqa muddatda bartaraf etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Feruza Mardonovna Fayziyeva xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan «Umid» MFY, Amir Temur ko‘chasi 32-uy oldi hududida o‘rganish ishlari olib borilgan edi.

O‘rganish jarayonida yaqinda ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan 7/24 piyodalar yo‘lagining holati ko‘zdan kechirilib, yo‘lakning ayrim qismida yotqizilgan bruschatka qoplamalarining ko‘chib ketgani hamda qoplama osti qismida qisman cho‘kish holati yuzaga kelgani aniqlangan edi.

Mazkur holat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, kamchilikni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish so‘ralgan.

Bugungi kunda mas’ul tashkilot tomonidan aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etildi. Xususan, bruschatka qoplamalari qayta yotqizilib, cho‘kish kuzatilgan qism mustahkamlandi hamda piyodalar yo‘lagi foydalanish uchun belgilangan texnik talablarga muvofiq holatga keltirildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan jamoatchilik nazorati hamda monitoring tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3