35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Deputatlik so‘rovi qanoatlantirildi. DEPUTATLIK SO‘ROVI ASOSIDA KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMLARINI YANGILASH ISHLARI BOSQICHMA-BOSQICH AMALGA OSHIRILMOQDA

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni amaliy hal etish maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna tomonidan "Lutfiy" mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta'mirlash masalasi yuzasidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Deputatlik so‘rovi asosida mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ko‘p yillardan buyon foydalanib kelinayotgan ayrim uylarning tom qoplamalari eskirgani hamda ularni zudlik bilan yangilash zarurligi tasdiqlandi.

Shunga muvofiq, tasdiqlangan reja asosida ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini bosqichma-bosqich yangilash ishlari boshlandi. Xususan, 57-sonli ko‘p qavatli uyning yaroqsiz holga kelgan eski shifer qoplamalari to‘liq demontaj qilinib, ularning o‘rniga zamonaviy, mustahkam va uzoq muddat xizmat qiluvchi profnastil tom qoplamasi o‘rnatildi.

Ayni vaqtda o‘rganish davomida ta'mirtalab deb topilgan boshqa ko‘p qavatli uylarning tom qismlarini ham bosqichma-bosqich yangilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur ishlar fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish, aholining xavfsizligini ta'minlash hamda ko‘p qavatli uy-joy fondining texnik holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati tomonidan mazkur masalaning ijrosi doimiy nazoratga olingan.

Slide 1 of 8