Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🗓 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, kotibiyat bosh mutaxassisi F.Malikova, doimiy komissiya raisi J.Sadullayev hamda komissiya a’zolari hamda "Ekspert guruhi" ishtirok etdi.

📊 Kun tartibida — Oqdaryo tumani Ichki ishlar bo‘limining 2026-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha hisoboti ko‘rib chiqildi.

👮‍♂️ Hisobot bilan tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.N. Ibodov so‘zga chiqdi.

🚨 Jinoyatchilik holati (2026 yil 3 oy):
📈 Jami 107 ta jinoyat qayd etilgan (o‘tgan yilga nisbatan +35,4%)
📉 Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar kamaygan (-36,8%)

🔎 Ayrim jinoyat turlari:
▪️ Firibgarlik, bezorilik va o‘g‘rilik holatlari oshgan
▪️ Qotillik va og‘ir tan jarohatlari qayd etilgan
▪️ Yo‘l-transport hodisalari soni ortgan

👤 Shaxslar kesimida:
▪️ Ayollar va mast holatda sodir etilgan jinoyatlar oshgan
▪️ Yoshlar jinoyati keskin kamaygan (-80%)
▪️ Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilmagan

🏘 Mahallalar kesimida:
🟢 28 ta mahalla — “yashil”
🟡 7 ta mahalla — “sariq” toifada

🎥 Xavfsizlik infratuzilmasi (PQ-1 ijrosi):
📹 Ko‘chalarga 20 ta kamera
🏢 Ko‘p qavatli uylarga 16 ta kamera
🚪 10 ta domofon o‘rnatildi
🚔 81 ta xonadon qo‘riqlovga olindi
🔔 4 ta “tashvish tugmasi” o‘rnatildi

👮‍♀️ Profilaktika ishlari:
📊 230 nafar profilaktik hisobdagi shaxslar
👩 22 nafar ayollar, 👦 31 nafar yoshlar
⚖️ 2800 ta ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan

📌 Ijtimoiy profilaktika:
🧾 1610 nafar shaxs “E-ijtimoiy profilaktika” tizimiga kiritildi
🤝 Turli mas’ullarga profilaktik xulosalar yuborildi

⚠️ Yig‘ilish davomida jinoyatchilikni kamaytirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, nazorat kuchaytirilishi belgilandi.

Slide 1 of 5