Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi

 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi

📝 Bugun Oqdaryo tumani Xalq deputatlari Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda ishtirok etganlar:

✅ Kotibiyat mudiri: D. Adilova
✅ Kotibiyat bosh mutaxassisi: F. Malikova
✅ Doimiy komissiya raisi hamda a’zolari
✅ Tuman Errigatsiya bo‘limi mas’ul xodimi

📌 Muhokama qilingan asosiy masalalar:

🌾 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori asosida vegetatsiya davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini hududlar bo‘yicha ishlab chiqish va Xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish.
💧 Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari hisobotlari – bir yilda ikki marta amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman Kengashlariga taqdim etilishi.
⚖️ Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 82-sonli qarori asosida 578 ta suv iste’molchilari va boshqa suv foydalanuvchilari uchun suv manbalarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha belgilash.
📊 Hududlar bo‘yicha tasdiqlangan limitlar doirasida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash va “Oqdaryo tuman suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish.

📝 Yig‘ilish natijalari:

Komissiya a’zolari mazkur masalalar bo‘yicha fikr bildirdi
Tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishida masalalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishga kelishib olindi

Slide 1 of 5