Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 Xotin-qizlar murojaatlari o‘rganilib, individual suhbatlar o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N. Saidova tomonidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Aminova bilan hamkorlikda xotin-qizlar bilan individual suhbatlar o‘tkazildi.

👥 Suhbatlar davomida xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan ijtimoiy, huquqiy hamda oilaviy masalalar atroflicha o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish hamda zarur amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi.

🤝 Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ularning bandligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

📖 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida"gi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ–795-son Qonunning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Pensiya tayinlash tartibidagi yangiliklar, fuqarolarning huquqlari va qonunchilikda belgilangan imkoniyatlar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarning savollariga javob qaytarildi.

✅ Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularning muammolarini joyida hal etishga xizmat qilmoqda.

   

Slide 1 of 5