35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosari hamda tuman Kengashi mutaxassislari tomonidan Kadastr palatasi Termiz tuman filialida qonun hujjatlari hamda Xalq deputatlari Kengashi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilish holatini o‘rganish yuzasidan monitoring tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida amaldagi qonunchilik hujjatlari va Kengash qarorlarining ijrosi, ularning amaliyotda qo‘llanilish holati, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, monitoring jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini halollik va mas’uliyat bilan bajarish masalalari yuzasidan mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, amaldagi qonunchilik talablari hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Huquqni qo‘llash amaliyotida uchrayotgan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarning fikr-mulohazalari tinglanib, qonunchilik talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar davlat organlari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijadorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6