35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

"Hayot" mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev "Hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni yanada ko‘rkamlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla hududida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni sanitariya jihatidan ozoda saqlash, ichki yo‘llar va jamoat joylarini tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, aholi ehtiyojlari hamda kelgusida ustuvor e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar muhokama qilindi. Fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularni inobatga olgan holda hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yuzasidan fikr almashildi.

Bunday o‘rganishlar mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari sifatini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6