35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–343-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan Kengashning 2026-yil 24-apreldagi VII-31-27-10-136-K/26-sonli qarorini “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ tuman filiali tomonidan bajarilishi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida filial rahbari oʻrinbosari G.Shoyakubova tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlarini markazlashgan ichimlik suvi tarmoqlariga ulash, mavjud suv tarmoqlarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish, ichimlik suvining sifati hamda uzluksizligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi:
tumanning “Qo‘shqo‘rg‘on”, “Tolebi”, “Birlik” mahallalarida 5 ta yangi suv nasoslari o‘rnatilgan;
1200 m uzunlikdagi suv tarmog‘i yangilangan;
5600 m uzunlikdagi suv tarmoqlarini ta’mirlangan;
40 ta suv quduqlari tozalgan;
8 nafar xodimlarning malakalari oshirilgan.

🔺Shuningdek, oqova suv tarmoqlarining texnik holati, nasos stansiyalari va boshqa infratuzilma obyektlarining faoliyati, avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish amaliyoti ham o‘rganildi. Aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

🔺Tadbir davomida mas’ullar tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, yangi suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari, aholini toza ichimlik suvi bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

🔺Doimiy komissiya tomonidan ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minotida uchrayotgan muammolar, tarmoqlardagi yo‘qotishlar hamda oqova suv xizmatlari sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, mazkur masala Kengashning navbatdagi sessiyasi kut tartibiga kiritilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4