35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Doimiy komissiya yig‘ilishida sohalar faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q.Safarov boshchiligida komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹Yig‘ilishda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi, Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi rahbarlarining hisobotlari eshitildi va muhokama qilindi.
🔹Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan joriy yilda mahalliy budjet daromadlarini oshirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda iqtisodiy islohotlarning ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi. Komissiya a’zolari sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif-mulohazalarini bildirdilar.
🔹Shuningdek, Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida hisobot taqdim etildi. Muhokamalar davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish uchun mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi rahbarining hisobotida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, kommunal xizmatlar sifati, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Komissiya a’zolari tomonidan qurilish obyektlarida sifat nazoratini kuchaytirish va kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
🔹Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Doimiy komissiya tomonidan mazkur vazifalarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8