35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

Mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Uchtepa tumanidagi Birlik mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o‘tdi.

💬 Tadbir davomida yaqinda foydalanishga topshirilgan yangi mahalla binosi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

🇺🇿 Ushbu uchrashuvda Uchtepa tumani Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Xojakbar Miraxmedov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda okrug deputati Saodat Malikova ishtirok etdi.

🗂 Muloqot davomida mahallalarni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–209-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔼 Uchrashuv yakunida hududdagi mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini ta’minlash va mahalla tizimi samaradorligini yanada oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5