35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi
 

Bugun Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining Mahalliy budjet,
tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha
doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 

Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning
ijrosi yuzasidan muhim masalalar ko‘rib chiqildi.
 

Jumladan, Qo‘shko‘pir tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024-yil 29-noyabrdagi “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-410-son qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga
oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumani budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni
maqsadli yo‘naltirish, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan
samarali foydalanish hamda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
 

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning manzilli
va samarali sarflanishini ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini
oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar
bildirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
  

Slide 1 of 1