Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy xizmatlar o‘rganildi

Qo‘qon shahar Kengashi deputati Feruza Kaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Usmonova Madina xonadoniga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida Bahmalbof 1-tor ko‘chasi 8-xonadonda yashovchi fuqaroning yashash sharoiti, unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam hamda tibbiy xizmatlar holati joyida o‘rganildi.

O‘rganishda mahalla mas’ullari va ijtimoiy soha vakillari ishtirok etib, fuqaroning ehtiyojlari, sog‘lig‘i hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Fuqaroga ko‘rsatilayotgan yordamning sifati va samaradorligi tahlil qilinib, zarur hollarda qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, tashrif va uchrashuvlar davomida Bahmalbof ko‘chasi aholisi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ham ko‘tarildi. Xususan, hududdagi simyog‘ochlarning texnik holati talab darajasida emasligi, elektr tarmoqlarida tez-tez yuz berayotgan nosozliklar va chaqnashlar oqibatida ayrim maishiy qurilmalar ishdan chiqayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va so‘rovlar kiritish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda elektr ta’minoti sifati va xavfsizligini yaxshilash choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Tashrif davomida aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan individual ishlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1