Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Deputat nazorati

Ijtimoiy himoya — e’tibor markazida: Nurabod MFYdagi holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashining 24-Nurabod saylov okrugi deputati Abdurahmanov Anvar hamda mahalla raisi N. Sobirova ishtirokida Nurabod MFY hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim Sh. Axmedovaning ish faoliyati, xususan, ehtiyojmand aholi qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, manzilli yordam ko‘rsatish tizimi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgani, fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotgani hamda ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda yordamlarni adolatli va shaffof taqsimlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar orqali joylardagi ijtimoiy himoya tizimi ustidan deputatlik nazorati kuchaytirilib, aholining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi izchil ta’minlanmoqda.

 

Slide 1 of 2