Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Deputat nazorati

Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining “5-Eyvalek” saylov okrugi deputati, Kengash raisi Rahmanov Ibrohimjon Absamatovich hamda “13-Chetsuv” saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Xalilov Axrorjon Farhodovich tomonidan Chinor mahallasi hududida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l belgilari hamda piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki ko‘cha yo‘llarining bir qismi PF–408-sonli qaror doirasida asfaltlashtirilgani qayd etildi. Amalga oshirilgan mazkur ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati doirasida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilishi belgilandi. 

Slide 1 of 2