Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari yoshlar yutug‘iga munosib e’tibor ko‘rsatdi!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari yoshlar yutug‘iga munosib e’tibor ko‘rsatdi!

"Yosh kitobxon" tanlovining respublika bosqichi yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining bilim va tafakkuri, yuksak mutolaa madaniyati bilan barchada katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, 20–30 yosh toifasida Uzun tumani Bobotog‘ mahallasida yashovchi Fazilat Diyorovaning munosib ishtiroki va qo‘lga kiritgan g‘alabasi vohamiz yoshlari uchun ulkan iftixorga aylandi.

Eng ahamiyatlisi, 2017-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinayotgan "Yosh kitobxon" tanlovi tarixida ilk bor Surxondaryo viloyati vakili respublika bosqichida 1-o‘rinni egalladi. Fazilat Diyorova Muhtaram Prezidentimiz sovg‘asi — "BYD Chazor" elektromobili sohibasi bo‘ldi.

Bugun Uzun tumani hokimligida g‘olibani tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligidagi mas’ullar, xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi hamda deputatlari, yoshlar, ota-onalar, o‘qituvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, g‘olibaga samimiy tabrik va ezgu tilaklarini bildirishdi.