Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sabura Normetova Yunusobod tumanidagi Uchqahramon mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, mahalladagi mavjud muammolar, aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlari hamda hududni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.
✅ Aholi bilan ochiq muloqot — muammolarni joyida o‘rganish va ularni samarali hal etishning muhim omilidir.
Bizni kuzatishda davom eting!