Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Tibbiy xizmat sifati — deputat nazoratida!!!

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Paygamova tomonidan hududda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish maqsadida navbatdagi monitoring tadbiri o‘tkazildi.

 Mazkur o‘rganishlar bu safar 10-oilaviy poliklinikaning patronaj xizmati faoliyatiga qaratildi. Deputat hamda ishchi guruh tomonidan aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

 Xususan, fuqarolardan patronaj hamshiralari tomonidan xonadonlarga o‘z vaqtida tashrif buyurilayotgani, bemorlar holidan muntazam xabar olinayotgani, shuningdek, belgilangan tartibda bepul dori-darmon vositalarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi holati yuzasidan fikr-mulohazalar olindi.

 O‘tkazilgan suhbatlar davomida aksariyat fuqarolar tibbiyot xodimlarining faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

 Monitoring yakunida patronaj xizmatini yanada takomillashtirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mavjud ijobiy tajribalarni kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur monitoring tadbiri aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda tizim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi