Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat tarepinen "Martlik mektebi" jumislari uyrenildi
янв.21
Joqargi Kenes deputati tarepinan múrájat úyrenildi.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Moynaq rayonında investiciyalıq joybar jumısı úyrenildi
янв.21
Мойнақта Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Máhálledegi hayal-qızlar belsendileri tárepinen ámelge asırılıp atırǵan ilajlardıń nátiyjeliligin úyrenildi
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ" МЕНЕН УШЫРАСЫЎ.
янв.21
Үйрениў жумыслары
янв.21
Deputat sorawı nátiyje berdi.
"Deputat va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi

Chilonzor tumanidagi "Bek-to'pi" va "Al-Xorazmiy" mahallalari hududida joylashgan 126-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bitiruvchilar ishtirokida "Deputat va yoshlar" mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Chilonzor tumani Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich hamda Al-Xorazmiy mahallasi yoshlar yetakchisi M.A.Isroilova ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordilar.

Muloqot davomida deputat Xusainov Alisher Abduvahobovich yoshlarga murojaat qilib, yoshlik davrining har bir lahzasidan unumli foydalanish, ilm olish, kasb-hunar egallash va o'z ustida muntazam ishlash muhimligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, jumladan "Yoshlar daftari" tizimining ahamiyatiga to'xtalib, bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini qayd etdi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro oliy ta'lim muassasalari filiallarining ochilayotgani hamda sport sohasida yoshlarimiz erishgan yutuqlar alohida e'tirof etildi.

O'z navbatida, deputat yoshlar o'rtasida uchrayotgan dolzarb muammolardan biri — giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida to'xtalib, uning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazishini tushuntirdi. Erta nikohning salbiy oqibatlari, uning yoshlar taqdiri va kelajagiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

Slide 1 of 5