Aholi salomatligi va sifatli tibbiy xizmat — inson farovonligining muhim mezoni.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati Z. Abduraimova Balandchaqir oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishib, tibbiyot xodimlari bilan dori vositalari ta’minoti, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va mavjud ehtiyojlar yuzasidan suhbatlashdi.
Suhbat davomida zarur dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish hamda tibbiy xizmat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Tegishli yo‘nalishlarda ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Maqsad — aholi salomatligini muhofaza qilish va har bir fuqaroga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishiga ko‘maklashish.