Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
🔽Noqonuniy gaz savdosi — aholi xavfsizligiga tahdid

🔰#munosabat

🔽Noqonuniy gaz savdosi — aholi xavfsizligiga tahdid

📌Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan reydlarda 3 mingdan ziyod gaz ballonining noqonuniy muomaladan olinishi suyultirilgan gaz ta’minoti tizimida qonuniylik va nazoratni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, aniqlangan qonunbuzilish holatlarining ayrimlarida gaz ta’minoti idoralari xodimlarining ham aloqadorligi qayd etilgani masalaga yanada jiddiy yondashishni talab etadi.
📌Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, gaz ta’minotida shaffoflik, adolat va qonuniylikni ta’minlash — aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim shartidir. Gaz ballonlarining noqonuniy muomalasi nafaqat ta’minot tizimiga, balki fuqarolarning hayoti va mol-mulk xavfsizligiga ham tahdid tug‘dirishi mumkin.
📌Shu bois gaz ta’minoti jarayonlarini qat’iy nazorat qilish, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish hamda gazni aholiga belgilangan tartibda va adolatli yetkazib berish ustuvor vazifa bo‘lishi lozim.
📌Deputatlik nazorati doirasida aholini qiynayotgan gaz ta’minoti masalalariga e’tibor qaratish, murojaatlarni o‘rganish va mas’ul tashkilotlardan qonuniylik hamda hisobdorlikni ta’minlashni talab qilish muhimdir.
📌Aholi xavfsizligi va manfaatlari — eng ustuvor mezon!

Sanjar Qaxxorov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt