Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
⚡️Eskirgan elektr tarmoqlari va xavfsizlik masalasi — deputat nazoratida
янв.21
📊 MAHALLIY BYUDJET IJROSI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🔰Hisobot sessiya muhokamasiga tayyorlanmoqda – deputatlik nazorati
янв.21
🚗 Avtomobil sanoatidagi o‘zgarishlar — raqobat va yangi imkoniyatlar
янв.21
🤑Imtiyozli kredit olish masalasi deputat e’tiborida
янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
SPORT SOHASIDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA MILLIY METODIKALARNI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 20-Xonto‘pi deputati, Kengash raisi Abdullayeva Barno Sayfutdinovna sport sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish hamda ular asosida milliy metodikalarni ishlab chiqishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Jumladan, sport sohasida xalqaro tajribalarni chuqur tahlil qilish, ularning samarali jihatlarini milliy sharoitga moslashtirish hamda zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, milliy metodikalarni ishlab chiqishda mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh avlodning jismoniy imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, sport ta’limi va mashg‘ulotlar jarayonini takomillashtirish, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularning salohiyatini rivojlantirishda ilmiy asoslangan milliy metodikalarning o‘rni alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, xorijiy tajriba va milliy yondashuv uyg‘unligi sport sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlash, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda xalqaro maydonda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 1