➡️O‘zbekiston sportchilari Yaponiyada o‘tkazilayotgan Paraosiyo o‘yinlarida 33 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘ringa ko‘tarilgani barchamiz uchun quvonchli xabardir. ➡️Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, bu natija para sportchilarimizning kuchli irodasi, cheksiz matonati va yuksak maqsadlar sari intilishining yorqin namunasidir. Ularning har bir g‘alabasi nafaqat sport yutug‘i, balki imkoniyatlar chegarasini iroda va mehnat bilan yengish mumkinligini namoyon etadi. ➡️Davlatimiz tomonidan sportni, xususan, para sportni rivojlantirish, sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun munosib sharoit yaratishga qaratilayotgan e’tibor o‘z samarasini bermoqda. ➡️Bizning vazifamiz — bunday iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash va sport bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishdir. ➡️Sportchilarimizning har bir medali — Vatanimiz sharafi, xalqimiz faxri va kelajak avlod uchun katta motivatsiya! ➡️ O‘zbekiston, olg‘a! G‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin!
Habiba Karayeva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,