Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining 4-Xonbandi saylov okrugidan saylangan deputati G.Karimova tomonidan Xonbandi mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda oilaviy ajrim yoqasida turgan oila bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Muloqot davomida oilaviy nizolarning oldini olish, oila muqaddasligini asrash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash hamda farzandlar manfaatlarini ustuvor qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, oiladagi mavjud kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish, tomonlarni murosaga chaqirish va oilaviy totuvlikni saqlab qolish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, nizolarning oldini olish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.