Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
DEPUTATLARNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA

DEPUTATLARNING FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR O‘RGANILIB, TARTIBGA KELTIRILMOQDA


 

Jarayon davomida deputatlarning 2026-yil uchinchi choragi mobaynida saylov okruglarida amalga oshirgan ishlari, mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuvlar, saylovchilar bilan muloqotlar, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati hamda aholi oldida berilgan axborotlarga oid hujjatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, deputatlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning hujjatlarda to‘liq va izchil aks ettirilishiga e’tibor qaratildi.

Hujjatlarni o‘rganish jarayonida tegishli ma’lumotlar va hisobotlar ko‘zdan kechirilib, mavjud hujjatlarni tizimlashtirish, ularni tegishli tartibda rasmiylashtirish hamda yig‘ma jildlarni shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. 

Bu jarayon deputatlarning faoliyati davomida bajarilgan ishlarni izchil qayd etish va zarur ma’lumotlarni tizimli saqlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashilib, saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga ko‘maklashish hamda deputatlik nazorati samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar deputatlik faoliyatiga oid hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, amalga oshirilgan ishlar natijalarini tizimli aks ettirish va saylovchilar oldidagi hisobdorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4