Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Kengash_faoliyati

#Doimiy_komissiya
#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 17-sonli musiqa va san’at maktabida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida ta’lim-tarbiya sohasidagi qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash, san’at maktablari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh iste’dodlarni rag‘batlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi, deputat S.N.Shaydilov tumandagi 17-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, o‘qituvchilar jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuni talablari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Monitoring davomida maktabning moddiy-texnik bazasi, musiqa asboblari bilan ta’minlanganligi, o‘quv mashg‘ulotlarining sifati hamda pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Uchrashuv yakunida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.


"Yosh avlodni ma’naviy barkamol, san’atsevar ruhda tarbiyalash — ertangi kunimizning mustahkam poydevoridir!"

Slide 1 of 2