Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 19-23-oktabr kunlariga moʻljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi hafta ichida
янв.21
🌏Xalqaro hamkorlik — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar garovi
янв.21
🔰33-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Saylovchilar bilan ochiq muloqot – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽Elektr xavfsizligi va tarmoq infratuzilmasi — deputat nazoratida
янв.21
⚡️ ICHKI YO‘LLAR HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
🕌“Chibirdon ota — Shoh Abdurahmon Vali” ziyoratgohi: obodonlashtirish ishlari deputatlar e’tiborida
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim D.Yusupova faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan “Ijtimoiy himoya reyestri”ga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, ularning ijtimoiy holati, ehtiyojlari va ko‘rsatilayotgan ko‘mak choralariga e’tibor qaratildi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, mahalladan jami 35 ta oila reyestrga kiritilgan. Ularning 10 tasi davlat ta’minotidagi oilalar, 20 tasi kambag‘al oilalar hamda 5 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalarni tashkil etadi.

🔻Mazkur toifalar bo‘yicha oilalarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish, ularning ehtiyojlaridan kelib chiqib manzilli yordam ko‘rsatish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

🔻O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodimning reestrga kiritilgan oilalar bilan ishlash tartibi, ularning muammolarini aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi. Deputat tomonidan har bir oilaning holatiga individual yondashish, ijtimoiy ko‘makning manzilliligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini e’tibordan chetda qoldirmaslik hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini muntazam baholab borish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, ijtimoiy xodim va mahalladagi boshqa mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, oilalarning ijtimoiy ahvolidagi o‘zgarishlarni doimiy kuzatib borish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 1