Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasida aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topayotgan fuqarolar faoliyatini o‘rganishga qaratilgan amaliy o‘rganish o‘tkazildi.

🔵O‘rganish davomida deputat o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro A.Djilkibayeva tomonidan tashkil etilgan “Murod Aygerim” oilaviy korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur fuqaro uy sharoitida guldonlar hamda guldonlar uchun mo‘ljallangan stellajlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, o‘z mehnati va tashabbusi orqali kichik ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirib kelmoqda.

🔵Tanishuv jarayonida mahsulotlarni tayyorlash jarayoni, ishlab chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar va faoliyatni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Fuqaroning o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanib, uy sharoitida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani, mehnat orqali daromad topishni yo‘lga qo‘ygan.

🔵Bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromad manbalarini kengaytirish, mahallalarda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, fuqaroning faoliyati ijobiy baholandi. Tashabbuskor fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 5