Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#Kotibiyat_mudiri
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_qonun
#Biriktirilgan_tashkilot

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

✅Bandixon tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri,deputat A.A.Pardayev hamda Kengash bosh mutaxassisi B.Qurbonov tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldilar. Monitoring O‘zbekiston Respublikasining "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam to‘g‘risida"gi Qonuni talablaridan kelib chiqqan holda o‘tkazildi.

✅Tashrif davomida VTEK xulosalari asosida nafaqalarning o‘z vaqtida tayinlanishi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlanish ko‘rsatkichlari hamda markazda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar va xodimlarning muomala madaniyati tahlil etildi.

✅O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha markaz rahbarlariga tegishli vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 1