Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

#24_ta_tavsiyaviy_savol #deputatlik_nazorati_Uchtepa

3-SONLI BOLALAR KLINIK SHIFOXONASINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "1-Degrez" saylov okrugi deputati Ulug‘bek Begjanov tomonidan Toshkent shahar 3-sonli bolalar klinik shifoxonasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🤔 Mazkur o‘rganish ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, isitish tizimlarining holatini baholash hamda bemorlar uchun zarur sharoitlar yaratilganligini ko‘zdan kechirish maqsadida tashkil etildi.

⏫️ O‘rganish davomida Uchtepa tumanida joylashgan, bolalarga statsionar va ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi 3-sonli bolalar klinik shifoxonasining isitish tizimi, qozonxona uskunalari va muhandislik infratuzilmasi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Shifoxonani issiqlik bilan ta’minlash maqsadida ikkita Italiyada ishlab chiqarilgan «Ferroli» rusumli qozon o‘rnatilgani ko‘zdan kechirildi. O‘rganish vaqtida isitish tizimi ishga tushirilgani va bir maromda faoliyat yuritayotgani kuzatildi.

📊 Shifoxonada faoliyat yuritayotgan pediatriya, allergologiya, nevrologiya, LOR, dermatologiya, endokrinologiya, gastroenterologiya, kardiologiya hamda boshqa tibbiy yo‘nalishlar uchun qulay va barqaror sharoitlarni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bolalar salomatligini muhofaza qilish va ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishda binolardagi harorat me’yorini saqlash muhim omillardan biridir.

💼 O‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy doirasida tashkil etilib, unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Uchtepa tuman Kengashi raisi Sevara Azimova ishtirok etdi.

📈 Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, isitish tizimining barqaror ishlashini nazorat qilish hamda bolalar va tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlarning holatini baholashdan iborat.

Slide 1 of 3