Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA

SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan sessiyada qabul qilingan qarorlarning amaliy ijrosi yuzasidan muhokama o‘tkazildi.

Muhokama jarayonida qarorlar bilan belgilangan vazifalarning bajarilishi, ularning natijadorligi hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Komissiya a’zolari tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishini muntazam o‘rganib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatiga doir masalalarni tahlil qilish va ijro jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur muhokama deputatlik faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida Kengash qarorlari ijrosini nazorat qilish, qonuniylikni mustahkamlash hamda aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Yakunida sessiyada qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash, belgilangan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish va doimiy komissiya faoliyati doirasida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.



 

Slide 1 of 2