Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Ekologik qonunchilik ijrosini o‘rganish yuzasidan savolnoma tuzildi

Ekologik qonunchilik ijrosini o‘rganish yuzasidan savolnoma tuzildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202-son qarori ijrosini tumanda o‘rganish maqsadida deputatlar uchun savolnoma ishlab chiqildi.

🔎 Savolnomada quyidagi masalalarni o‘rganish nazarda tutilgan:
♻️ Tumandagi atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar va chiqindilarni joylashtirish holati.

💸 Atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining hisoblanishi, undirilishi va mavjud qarzdorliklar.

⚠️ Ekologik qonunbuzilishlar, noqonuniy chiqindi tashlash hamda oqova suvlarni ruxsat etilmagan joylarga oqizish holatlari.

👨‍💼 Kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha elektron hisob-kitoblar yuritilishi va ekologik monitoring samaradorligi.

📌 Shuningdek, aniqlangan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganiladi.

✅ Savolnomadan maqsad — qaror ijrosini xolis baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish.

🌱 Atrof-muhitni muhofaza qilish — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!