Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi, 9-«G‘alaba» saylov okrugi deputati Shaxnoza Umarxodjayeva «G‘alaba» mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning III choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berdi.

📘 KENGASH FAOLIYATI VA DEPUTATLIK NAZORATI

Hisobot davomida mahalliy Kengash faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, saylovchilar bilan doimiy muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda hududlardagi dolzarb masalalarning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

📊 III CHORAK DAVOMIDA:

🔹 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 7 ta sessiyasi faoliyati sarhisob qilindi.

🔹 Kengashning doimiy komissiyalari faoliyati, ularning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan masalalar hamda deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

🔹 17 ta uchrashuv o‘tkazilib, saylovchilar bilan bevosita muloqot olib borildi.

🔹 9 ta sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganildi.

🔹 Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolarni hal etish va ijrosini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, kommunal infratuzilmani yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🗣 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

💡Uchrashuvda fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, mahallada mavjud muammolarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Asosiy maqsad — saylovchilar manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish va deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish.

Slide 1 of 4