Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Kunlik_ish_reja_ijrosi #Qonunlar_ijrosi #Deputatlik_nazorati

Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, xususan, “qizil” va “sariq” toifalarga kiritilgan hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatchilik darajasini pasaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil olib borilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 25-“Katta Vaxshivor” saylov okrugidan saylangan deputati Jabbarov Jamshid Adashovich tomonidan “Obod Vaxshivor” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish holati o‘rganildi.

O‘rganish doirasida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha 162 ta qonunchilik hujjati hamda 24 ta tavsiyaning ijrosi yuzasidan monitoring olib borildi. Jarayonda belgilangan vazifalarning bajarilish holati, amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, mavjud muammo va kamchiliklar, shuningdek, ularni bartaraf etish choralari tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalladagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikka ta’sir etuvchi omillar hamda huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, profilaktika ishlarini yanada takomillashtirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi.

O‘rganish natijalari asosida mas’ul tashkilotlar vakillariga jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati tadbirlari qonunchilik hujjatlari va berilgan tavsiyalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda hududda xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3