Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
Fayzobod mahallasida ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan oilalar holati o‘rganildi

Fayzobod mahallasida ijtimoiy reyestrdan chiqarilgan oilalar holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari N.Dushayeva va B.Baxovadinov tomonidan Fayzobod mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrda turgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilalarning yashash sharoitlari, moddiy ahvoli, bandlik darajasi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari bilan tanishildi. Oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, daromad manbalarini shakllantirish, ish bilan ta’minlash va turmush farovonligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan oilalarning mavjud muammolarini aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish hamda har bir xonadon bilan manzilli ishlash muhimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash borasida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2