Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
🔰Piyodalar yo‘lagi va tungi yoritish tizimi – deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil makon” — obod mahalla va farovon kelajak sari
янв.21
🔰Ona tilim — faxrim, g‘ururim!
янв.21
🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — deputatlar nazoratida
янв.21
🔰Ijtimoiy xizmatlar sifati va manzilliligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida
янв.21
🔰Texnikum faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Qozoqonda sport maydonidan samarali foydalanish masalasi – deputat e’tiborida
янв.21
🔽Mahalla binosi qurilishi masalasi — deputat e’tiborida
#24_ta_masala

O'zLidePdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati M.Kazakov va Kotibiyat xodimi B.Allabergenovlar 3-sonli Do'stlik saylov okrugi "Farovon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, "mahalla yettiligi" faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida, ayniqsa, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda mahalla tizimi samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3