Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

🔽Bilim sari intilish — kelajak sari dadil qadam

🔽Bilim sari intilish — kelajak sari dadil qadam

🏦Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati H. Karayeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Yangiobod mahallasida joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🏦Uchrashuv davomida deputat H. Karayeva tomonidan kimyo fanidan mahorat darsi o‘tkazilib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, nazariy bilimlarini mustahkamlash va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

🏦Shuningdek, o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirish, kelajakdagi kasbni to‘g‘ri tanlash, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yish va ularga erishish yo‘lida izchil harakat qilish yuzasidan motivatsion tavsiyalar berildi.

🏦Deputat yoshlar bilan muloqotda chuqur bilim olish, fanlarni puxta o‘zlashtirish va vaqtni samarali taqsimlash kelajakdagi muvaffaqiyatning muhim omillari ekanini ta’kidladi. O‘quvchilarni oliy ta’limga intilish, o‘z iste’dod va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga undadi.

🏦Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, ularni oliy ta’limga yo‘naltirish hamda kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇

👉Telegram (http://t.me/JondorKengashi) ▶️Youtube (https://www.youtube.com/@XalqdeputatlariJondortumaniKen) 📷Instagram (http://www.instagram.com/xdtkjondor2023) 🗳Facebook (http://www.fb.com/xalq.deputatlari.jondor.tumani.kengashi)🌐 Veb-sayt (https://kengash.gov.uz/news/56488)