Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
YO‘LOVCHILAR UCHUN QULAYLIK VA XAVFSIZLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Havotog‘ QFY Uchturg‘on qishlog‘idagi avtobekatning holati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida avtobekatning umumiy holati, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish va sanitariya holati, shuningdek, fuqarolarning transport vositalarini kutishi uchun qulayliklar masalasiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, avtobekat atrofidagi hududni tartibga keltirish, yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hudud obodonligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Avtobekatning tartibli va foydalanishga qulay holatda bo‘lishi, avvalo, aholining kundalik ehtiyojlari va harakatlanish qulayligi bilan bevosita bog‘liq. Shu bois aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha zarur tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3