Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
TOSHKENT SHAHAR SOG‘LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI

#19_1_Modda_ijrosi

❗️ TOSHKENT SHAHAR SOG‘LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasining aholi salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va profilaktika qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan o‘rganish olib boriladi.

🔺 O‘rganish davomida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, aholiga bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, profilaktik ko‘riklar va skrininglar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqiladi.

✍️ Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, ichki nazorat va shaffoflik, aholining murojaatlari bilan ishlash, tibbiyot muassasalaridagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarga alohida e’tibor qaratiladi.

⚖️ O‘rganish doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 23-iyuldagi VII-25-109-14-0-K/26-sonli qarori ijrosi ham ko‘rib chiqiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4