Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Yer munosabatlari sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazorat sohasiga tegishli qonunlar
янв.21
💡Elektr ta’minoti barqarorligi va transformatorlar holati — deputatlik nazoratida
янв.21
🏫Maktablarda o‘quvchi o‘rinlari tanqisligi — e’tibor va amaliy yechim talab qiladigan masala
янв.21
🔽SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
💧💦Toza ichimlik suvi — aholi salomatligi va farovonligi yo‘lida
янв.21
🔽Yoshlar bandligi va tashabbuslari — deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰Ichki yo‘llar holati deputatlar e’tiborida
янв.21
🔰“Yashil bog‘” loyihasini “Yashil jamoat parki” sifatida tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Mehnat va ijtimoiy himoya sohasiga tegishli qonunlar
OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI

#deputat_faoliyati
#deputat_nazorati
#162_ta_qonun_ijrosi

OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova “og‘ir mahalla” toifasiga kiritilgan Oltinko‘l mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

PQ–49-son qarori hamda viloyati Kengashining VII-26-76-3-0-K/26-son qarori asosida ishlab chiqilgan manzilli strategiyaga muvofiq, mahallani rivojlantirish uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Belgilangan vazifalar doirasida mahalladagi 2,34 km ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, 10,7 km irrigatsiya tarmog‘ini barpo etish uchun zarur lotoklar olib kelingan va ushbu yo‘nalishdagi ishlar boshlangan.

Deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 4